


Kwebcode jamoasi AMEC Consulting kompaniyasi uchun yirik raqamli tizim yaratib berdi. Ushbu platforma infratuzilma va qurilish loyihalarini rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarishni soddalashtirishga qaratilgan edi.
To‘liq funksional veb-platforma ishlab chiqildi;
GIS, BIM va ERP tizimlari bilan integratsiya qilindi;
Quvvatli admin panel yaratildi;
Hujjatlar bilan ishlash, hisobot tuzish va foydalanuvchilarni boshqarish imkoniyatlari kiritildi;
O‘zbekcha va ruscha interfeyslar bilan ishlash imkoniyati yaratildi.
Loyihalarni boshqarish:
Har bir bosqichni kuzatish, topshiriq tayinlash, hisobotlar olish.
Loyihalarning holatini real vaqt rejimida monitoring qilish.
Administrator paneli:
Rollar: administrator, muhandis, loyiha rahbari.
Huquqlarni boshqarish, foydalanuvchilarni sozlash.
Tahliliy panel: grafiklar, moliyaviy ko‘rsatkichlar, ob'ekt holati.
Kim qachon qanday o‘zgarish kiritgan — barchasi logda saqlanadi.
Hujjatlar tizimi:
Texnik topshiriqlar, aktlar, fotosuratlar yuklash va saqlash.
PDF fayllarni bir tugma bilan chiqarish.
Hujjatlarni izlash, filtrlash.
Integratsiyalar:
GIS — xaritada ob'ektlarni ko‘rsatish.
BIM — 3D modelni brauzer orqali ko‘rish.
ERP — materiallar, budjet va logistika nazorati.
Qo‘shimcha imkoniyatlar:
Ikki tilli interfeys (o‘zbekcha va ruscha).
Yorug‘ va qorong‘i mavzular.
Email va push xabarnomalar.
Avtomatik zaxira nusxa olish.
Loyiha 2025-yil aprel oyida yakunlandi va AMEC kompaniyasiga topshirildi.
Platforma real ob’ektlarda faol qo‘llanilmoqda.
Kwebcode texnik xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi va platformani rivojlantirishda hamkorlik qiladi.