Kwebcode kompaniyasida biz texnologiyalar yordamida biznesingizga yangi hayot bag‘ishlaymiz. Har bir mijoz uchun individual yondashuvni tanlaymiz, loyihalarni strategik rejalashtiramiz va ularni mukammal natijalarga olib chiqamiz. Veb-saytlar, ilovalar, avtomatlashtirish va dizayn — biz yaratadigan har bir mahsulot nafaqat texnik jihatdan kuchli, balki brendingizga mos va foydalanuvchi uchun qulay bo‘ladi. Raqamli dunyoga bir qadam tashlang — biz bilan.
Nega sizga veb-ilova kerak ?
Agar siz biznesingizni avtomatlashtirmoqchi, noyob xizmat ko‘rsatmoqchi yoki kuchli platforma yaratmoqchi bo‘lsangiz — sizga oddiy sayt emas, balki funksional veb-ilova kerak bo‘ladi. Bunday ilovalar brauzer orqali ishlaydi, dastur o‘rnatishni talab qilmaydi va istalgan qurilmada mavjud bo‘ladi. Bu CRM, ERP, mijozlar paneli, maxsus do‘konlar, onlayn xizmatlar va boshqa murakkab tizimlar bo‘lishi mumkin. Sizda to‘liq nazorat va kengaytirish imkoniyati bo‘ladi.
Xizmat tarkibi ?
• Ilova logikasini va interfeysni loyihalash
• Zamonaviy texnologiyalar (React, Vue, Laravel, Node.js) orqali dasturlash
• Har qanday qurilmaga moslashuvchan dizayn
• Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishi va kirish tizimi
• Ma’lumotlar bazasi va API bilan integratsiya
• Admin panel
• Hosting, xavfsizlik, SSL
• 1 yillik texnik yordam